Yo'lovchilar diqqatiga!

Yo'lovchilar diqqatiga!


Urganch va Xiva shaharlari jamoat transportlaridan foydalanish bo'yicha yo'l kira tariflariga quyidagicha o'zgartirish kiritildi.

Urganch shahar jamoat transportida bir yo'lovchi qatnovi uchun cheklangan tariflar naqd pulda 2000 so'm, barcha plastik kartalari va "ATTO" transport kartalari orqali to'lov uchun esa 1600 so'm etib belgilandi.

Yo'lovchilar "ATTO" transport kartalaridan foydalangan holda bir soat ichida ikkinchi marotaba avtobusdan foydalansa yo'l haqi bepul bo‘ladi.

Ma'lumot uchun: ushbu tarif faqat Urganch shahar yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi avtobuslarda amal qiladi.

2-11-2023, 18:31
Sahifaga qaytish