50 ta zamonaviy avtobuslar keltirildi

50 ta zamonaviy avtobuslar keltirildi

 Urganch shahrida jamoat transporti xizmatini yaxshilash maqsadida Xitoyning “Zhongtong” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 50 ta zamonaviy avtobuslar keltirildi.

Bugun “Bunyod yoʻlovchi tashish” MCHJ da mazkur yangi avtobuslarning taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirda viloyat hokimi Joʻrabek Raximov ishtirok etib, viloyatda aholiga transport xizmati koʻrsatishni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yangi loyihalar haqida toʻxtaldi. 

Joriy yil oxirigacha ushbu rusumdagi avtobuslardan yana 30 tasi keltiriladi. Natijada shaharda 16 ta yoʻnalishda 148 ta avtobus harakatlanib, har kuni 136 ming nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratiladi. Muhimi, shaharda yoʻlovchi tashish hajmi ikki barobardan ziyod ortadi va qatnovlarning oraliq intervali 18 daqiqadan 10 daqiqaga qisqaradi.








18-11-2024, 18:19
Sahifaga qaytish