O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi “2024—2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-404-son qarori ijrosini ta’minlash borasida Xorazm viloyatida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “Xorazm mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat muassasasining buyurtmachiligida Urganch shahar Shovot ko‘chasining (A.Temur ko‘chasidan Baynalminalchi ko‘chasigacha) bo‘lgan qismida asfalt-beton qoplamasi yotqizish ishlari olib borilmoqda.