Ijtimoiy tarmoqlarda orqali “Jamoatchilikda yo‘lovchilarni avtotransport qatnovini Xorazmda yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish rejalari Prezidentimiz tomonidan topshiriqlar berilgan.Qani bu rivojlanish, ko‘rmayabmiz” nomli murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-sonli “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyati transport boshqarmasi tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, bugungi kunda Urganch shahar aholisi uchun xizmat qilib kelayotgan shahar ichi yo'nalishlariga 165 ta jamoat transportlariga elektron to’lov tizimi joriy qilingan, bundan tashqari shahar jamoat transporti uchun Xitoy xalq respublikasida ishlab chiqarilgan avtobuslarini olib kelish bo‘yicha “O‘zmilliybank” AJ bilan kredit shartnomalari qilingan. Urganch shahrining transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasini ishlab chiqish ishlari yakuniga yetkazilgan. Xorazm viloyati transport boshqarmasida avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatini o‘z ichiga oluvchi “Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasini tashkil qilinganligini bildiramiz.
Shovot tumanida joriy yilning aprel oyidan boshlab SHAY-287 “Qumyop mahallasi - Temir yo'l mahallasi” uchun jamoat transporti (avtobus) yo’nalishida aholiga xizmat qilayotganligini ma’lum qilamiz.
Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-sonli “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarorida Urganch shahar jamoat transportining yangi yo‘nalishlar tarmog‘ini shakllantirish, Shahar yo‘nalishlarini brutto-shartnomaga bosqichma-bosqich o‘tkazish va Brutto-shartnomaga o‘tadigan yo‘nalishlar bo‘yicha elektron tenderlar o‘tkazish nazarda tutilgan bo'lib, viloyatning boshqa shahar va tumanlari uchun amal qilmasligini bildiramiz.
Xorazm viloyati transport boshqarmasi