Xalqaro tashuvchilar bilan uchrashuv

Xalqaro tashuvchilar bilan uchrashuv


Urganch shahrida Oʼzbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi va Xorazm viloyati transport boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda  viloyatdagi xalqaro tashuvchilar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyuldagi “Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishning ruxsatnoma tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun mohiyati yuzasidan so‘z yuritildi.

Shu bilan birga, tashuvchilarga xorijiy va ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni berish tartibi, tashuvchi tomonidan unga berilgan xorijiy ruxsatnomalar yoki ular bo‘yicha huquqlar uchinchi shaxslarga berilganligi aniqlangan taqdirda, ushbu tashuvchiga 3 oy muddatga ruxsatnomalar berilishi to‘xtatilishi va yil davomida bu kabi holat qayta aniqlansa 6 oy muddatga ruxsatnomalar berilishi to‘xtatilishi hamda unga kelgusi choraklar hisobidan berilishi mumkin bo‘lgan taqsimlangan ruxsatnomalar bekor qilinishi yuzasidan tushuntirildi.


Uchrashuv yakunida, tashuvchilar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar tinglanib, savollar yuzasidan tegishli xodimlardan yetarlicha javoblar oldilar.
12-02-2024, 15:13
Sahifaga qaytish