Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazilmoqda

Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazilmoqda


Xorazm viloyati transport boshqarmasi xodimlari tomonidan sovuq ob-havo sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hodisalarni oldini olish va yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida, yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar ishtirokida  targ‘ibot tadbiri o‘tkazilmoqda.



Targ‘ibot tadbirlari davomida, asosan avtotransport vositalarini ishga chiqmasidan oldin texnik soz holatda bo‘lishini ta’minlash, haydovchilarning tibbiy ko‘riklarda o‘tkazgan holda ishga chiqishini ta’minlash va noqulay ob-havo sharoitida yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratgan holda avtotransport vositalarini boshqarishga lozimligi bo'yicha tushuntrish ishlari olib borilmoqda.
26-01-2024, 20:24
Sahifaga qaytish