#Xorazm_viloyati DIQQAT TENDERXorazm viloyati hududidagi quyidagi shahar, shahar atrofi yo‘nalishida ishlash huquqini olish uchun elektron tarzda ochiq tender tanlovi o‘tkaziladi.
Tender Transport vazirligi Xorazm viloyati transport boshqarmasi tomonidan 2026-yil 19-noyabr kuni soat 12:00 da o‘tkaziladi.
❗️Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi. Tender takliflari axborot tizimi orqali 2026-yilning 18-noyabr kuni soat 12-00 ga qadar qabul qilinadi.
⚠️Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
💯Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Ma’lumot uchun telefon: +998 71 202-05-01 (492).